O‘zbekiston–Niderlandiya simpoziumi: hamkorlik yangi bosqichda
O‘zbekiston–Niderlandiya qishloq xo‘jaligi hamkorligiga bag‘ishlangan simpozium doirasida delegatsiyalar rahbarlari ishtirokida
ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Imzolangan hujjatlar orasida eng muhimlaridan biri —
O‘zbekiston–Niderlandiya qishloq xo‘jaligi simpoziumi protokoli bo‘lib, u kelgusidagi hamkorlikning
ustuvor yo‘nalishlarini belgilab, tizimli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Dutch Greenhouse Delta hamda Export Partner o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandum agrar sohada savdoni rivojlantirish, zamonaviy agrota’lim tizimini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro stajirovkalarni tashkil etishni nazarda tu
tadi.
Urug‘chilik yo‘nalishida
Naktuinbouw va Urug‘chilik markazi o‘rtasidagi memorandum sifat nazoratini kuchaytirish, zamonaviy seleksiya yondashuvlarini joriy etish hamda tizimni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik doirasida
Toshkent davlat agrar universiteti, Dutch Greenhouse Delta va Export Partner o‘rtasida imzolangan hujjat yosh mutaxassislar tayyorlash, amaliy ko‘nikmalarni oshirish va innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari,
Dutch Greenhouse Delta, Export Partner hamda O‘zbekistondagi Benelux Savdo Palatasi o‘rtasidagi kelishuv investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini kengaytirish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish uchun samarali platforma yaratadi.
Umuman olganda, imzolangan hujjatlar paketi
O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi agrar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, innovatsiyalar, ta’lim va savdo yo‘nalishlarida barqaror rivojlanish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram