avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
13.04.2026 16:01
O‘zbekiston–Niderlandiya agrar hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Niderlandiya qishloq xo‘jaligi hamkorligiga bag‘ishlangan nufuzli simpozium ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Tadbir doirasida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Niderlandiya Qirolligining Qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, oziq-ovqat xavfsizligi va tabiat vazirligi Bosh fitosanitari o‘rinbosari Lianne Kersbergen o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, qishloq xo‘jaligida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish va qo‘shma loyihalar ko‘lamini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish, “aqlli” (smart) texnologiyalarni joriy etish, eksport salohiyatini oshirish hamda soha mutaxassislari uchun amaliy seminarlar tashkil etish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Shuningdek, Niderlandiya tajribasi asosida energiya tejamkor, yuqori samarador issiqxonalarni barpo etish, hosildorlikni oshirish va mahsulot sifatini xalqaro standartlar darajasiga yetkazish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Ibrohim Abdurahmonov uchrashuv davomida mamlakatimizda issiqxonachilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirish hajmini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi raqamlashtirish, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik asosida jadal rivojlanib, yangi bosqichga chiqmoqd
a.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👍 2
🔥 1
🥰 1
👌 1
6 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

20.1K
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Открыть в Telegram