avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
13.04.2026 15:37


Ayni damda Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘z ishini boshladi.

Tadbirda Niderlandiya delegatsiyasi, vazirlik va idoralar, ilmiy doiralar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirni qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi. Vazir o‘z nutqida so‘nggi yillarda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldi.

Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda Yevropa davlatlari, xususan Niderlandiya bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu simpozium avval erishilgan kelishuvlarning amaliy davomi bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qilad
i.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👍 5
🔥 1
🥰 1
👌 1
22 2.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

20.1K
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Открыть в Telegram