Surxondaryoda tadbirkorlar ovozi 5 soatdan beri tinglanmoqda!
Surxondaryo viloyatida Biznes-ombudsman, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda viloyat hokimligi rahbariyati ishtirokida boshlangan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qizg‘in davom etmoqda.
Bugun soat 10:00 da boshlangan mazkur uchrashuv mana 5 soatdirki o‘z shiddatini yo‘qotgani yo‘q. Muloqot davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan dolzarb savollarni berib, faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarni ochiq bayon etmoqdalar hamda biznesni rivojlantirish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirmoqdalar.
Har bir ishtirokchining murojaati alohida tinglanib, ularga zarur huquqiy maslahatlar berilmoqda hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan har bir murojaat nazoratga olinmoqda.
@u_generalissimus
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram