Veterinariya dorixonasiga qo‘llanilgan 33 million so‘mlik jarima bekor qilindi!
Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi “M.V.” MChJ rahbari jamiyatga qarashli veterinariya dorixonasida o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvidan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, Jizzax shahar soliq inspeksiyasi xodimlari MChJda sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazib, Soliq kodeksining 227-1-moddasiga asosan tadbirkorga
33 mln so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilishgan.
Biznes-ombudsman tomonidan soliq inspeksiyasining tekshirish hujjatlari qonuniyligi o‘rganilganda, tekshirish tartibi buzilganligi va asossiz jarima qo‘llanilganligi aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qaroriga asosan, veterinariya dori vositalariga identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi belgilanmagan.
Biznes-ombudsman tomonidan Jizzax viloyat soliq boshqarmasiga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli Taqdimnoma kiritildi. Natijada, “M.V.” MChJga nisbatan qo‘llanilgan
33 mln so‘mlik moliyaviy jarima qarori bekor qilindi va tadbirkorning huquqlari tiklandi.
@u_generalissimus
Обсуждение 4
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram