Toshkent xalqaro moliya markazi ishtirokchilari uchun soliq imtiyozlari
Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi «Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida»gi
OʻRQ-1158-son Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilindi. Hujjat 2026-yil 25-iyuldan kuchga kiradi.
Qonun bilan Toshkent xalqaro moliya markazi uchun maxsus soliq rejimi belgilandi.
2076-yil 1-yanvarga qadar:
- Markaz organlari yoki ishtirokchilari tomonidan tashkil etilgan yoxud ularga toʻliq tegishli boʻlgan va ularning nazorati ostidagi tashkilotlar
foyda soligʻi va ijtimoiy soliqni toʻlashdan ozod etiladi.
- Markazning malakali ishtirokchilari moliyaviy xizmatlar koʻrsatishdan olingan
daromadlar boʻyicha foyda soligʻi va ijtimoiy soliqni toʻlashdan ozod etiladi.
- Markaz ishtirokchilari uning hududida koʻrsatilgan qoʻshimcha xizmatlardan olingan daromadlar boʻyicha
foyda soligʻi va ijtimoiy soliqni toʻlashdan ozod etiladi.
- Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlmagan Markaz xodimlari Markaz organi yoki ishtirokchisi tomonidan toʻlanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar boʻyicha
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.
@u_generalissimus
Обсуждение 4
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram