avatar
TIFT Youth Diplomacy Club
@tydclub
03.06.2026 00:42
📌 ShHTning 25 yilligiga bagʻishlangan Yoshlar anjumanida TIFT Youth Diplomacy Club aʼzolari faol ishtirok etdi

2026-yil 2-iyun kuni Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi hamda Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi hamkorligida “ShHT makonida yaxshi qoʻshnichilik, madaniyat va dinlarning xilma-xilligi hamda maʼnaviy qadriyatlarni saqlash” mavzusida Yoshlar anjumani boʻlib oʻtdi.

Mazkur nufuzli tadbirda TIFT Youth Diplomacy Club aʼzolari ham faol ishtirok etdilar. Anjuman doirasida klub prezidenti Jaxongir Xakimov maʼruza bilan qatnashib, Shanxay hamkorlik tashkiloti makonida xalq diplomatiyasining oʻrni, yoshlarning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi roli hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish masalalari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ushbu anjuman yoshlar oʻrtasida xalqaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ShHTning asosiy tamoyillarini targʻib etishda muhim maydon boʻlib xizmat qildi.

@tydclub
2
🔥 2
👏 2
2 19
avatar
TIFT Youth Diplomacy Club
@tydclub
02.06.2026 10:35
Shanxay hamkorlik tashkilotining Yoshlar anjumanida TIFT Youth Diplomacy Club prezidenti Jaxongir Xakimovning "Madaniy diplomatiya" mavzusidagi ma'ruzasidan lavha.

@tydclub
🔥 1
1 72
avatar
TIFT Youth Diplomacy Club
@tydclub
02.06.2026 05:37
Eslatib oʻtamiz, Xamid Sodiq, Farhod Karimov va boshqa professorlar qatorida TIFT Youth diplomacy clubi aʼzolari nomidan, klub prezidenti Jaxongir Xakimov ham nutq soʻzlaydi.

@tydclub
👍 2
60
avatar
TIFT Youth Diplomacy Club
@tydclub
02.06.2026 05:22
Assalomu alaykum.

TIFT Youth diplomacy clubi aʼzolari nufuzli yoshlar anjumanida ishtirok etmoqda!

@tydclub
👍 1
52
avatar
TIFT Youth Diplomacy Club
27.05.2026 02:33
🌙 Qurbon hayiti muborak!

TIFT universiteti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklaydi.

Ushbu qutlug‘ ayyom xonadonlaringizga tinchlik, fayz-u baraka, qalblaringizga esa mehr-oqibat va ezgulik olib kirsin. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!
—————————
🌙 С праздником Курбан-байрам!

Университет TIFT искренне поздравляет всех с праздником Курбан-байрам.

Пусть этот светлый праздник принесет в каждый дом мир, благополучие, добро и тепло, а в сердца — счастье и гармонию.
—————————
Ro'yxatdan o'tish: qabul.tift.uz

Aloqa markazi: +998712029229 | @tiftyordam

Markaziy qabul ofisi: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi 15-uy.

Davlat litsenziyasi: №519622 03.11.2022

Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
1
👍 1
🔥 1
63
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
TIFT Youth Diplomacy Club
@tydclub
21.05.2026 16:47
— Magistratura uchun universitet tanlashda quyidagi mezonlarga e’tibor berish:
• sohangiz bo‘yicha rivojlangan davlat ekani
• fakultetda kuchli professor va tadqiqotchilar jamlangani
• universitetda chop etiladigan ilmiy ishlar soni va sifati
• amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar
• bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichi
• dunyodagi mashhur universitetlar bilan almashinuv dasturlari mavjudligi
• stipendiya va grant imkoniyatlari borligi

— Xorijda ta’lim uchun til sertifikatlarini oldindan rejalashtirish:
• ingliz tili
• rus tili
• turk tili
• yoki tanlangan davlat tili

— Professor, ustozlar bilan yaxshi chiqishish hamda kerakli boʻlgan loyihalarda universitetda faol boʻlish.

— O‘qimoqchi bo‘lgan fanlarni aniq belgilash va nima uchun aynan shu yo‘nalish tanlanganini tushunish.

— Sohada muayyan tadqiqot yo‘nalishini tanlab, shu bo‘yicha chuqur mutaxassislik qilish.

— GPA va akademik ko‘rsatkichlarni yuqori darajaga olib chiqish.

— Stipendiya va grant dasturlari ro‘yxatini shakllantirish hamda ularning talablarini oldindan o‘rganish.

— Ilmiy konferensiyalarda qatnashish va maqolalar yozish:
• konferensiya nomi
• o‘tkazilgan sanasi
• nashriyot yoki jurnal nomi
• maqola chop etilgan manba
kabi ma’lumotlarni yig‘ib borish.

— Amaliyot o‘talgan joydan o‘zbek va ingliz tillarida tavsiyanoma olish.

— Tanlangan universitet professorlarining ilmiy maqolalarini o‘qish va tahlil qilish.

— Shaxsiy kutubxona shakllantirish:
• sohangizga oid kitoblar
• monografiyalar
• ilmiy maqolalar
• tor mutaxassislikka oid tadqiqotlar
ni muntazam o‘qib borish.

— Uylanmasdan xorijda magistratura oʻqish.


Kitobdan olgan eng muhim xulosam: xorijda magistratura bu faqat hujjat topshirish emas, balki uzoq muddatli va tizimli tayyorgarlik jarayoni ekan. Shu bilan birga kitobda men aytamagan koʻplab maʼlumotlar bor, bular – magistraturaga kirgandan keyin nimalar qilish kerakligi, magistratura tamomlab xorijda ish topish, dissertatsiya yozish jarayonlari va PhD qilishga tavsiyalar hamda bir qator amaliy tajribaga asoslangan maʼlumotlar berilgan. Bular menga hozir zarur boʻlmagani uchun note qilmay, oʻqib ketdim. Bu kitobni 2-kursga oʻtgan talaba albatta oʻqishi kerak, kamida 3-kursga oʻtayotgan talaba oʻqib, kitobdagi maʼlumotlarni bilish kerak. 4-kurs va bitiruvchilar uje pishgan!)

Albatta oʻqib chiqing!

Kitobni bepulga, 30 kunga, uyingizga @mehr_kutubxonasi dan olishingiz mumkin.

Taqrizchi : klub prezidenti Jaxongir Xakimov

@tydclub
🔥 4
👍 3
2
👏 2
🆒 2
🎉 1
💯 1
🏆 1
🤝 1
2 146

TIFT Youth Diplomacy Club

137
A new project aimed at developing the diplomatic and political knowledge of TIFT students!

“Think globally, act diplomatically!”
Открыть в Telegram