avatar
TIFT Youth Diplomacy Club
@tydclub
03.06.2026 00:42
📌 ShHTning 25 yilligiga bagʻishlangan Yoshlar anjumanida TIFT Youth Diplomacy Club aʼzolari faol ishtirok etdi

2026-yil 2-iyun kuni Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi hamda Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi hamkorligida “ShHT makonida yaxshi qoʻshnichilik, madaniyat va dinlarning xilma-xilligi hamda maʼnaviy qadriyatlarni saqlash” mavzusida Yoshlar anjumani boʻlib oʻtdi.

Mazkur nufuzli tadbirda TIFT Youth Diplomacy Club aʼzolari ham faol ishtirok etdilar. Anjuman doirasida klub prezidenti Jaxongir Xakimov maʼruza bilan qatnashib, Shanxay hamkorlik tashkiloti makonida xalq diplomatiyasining oʻrni, yoshlarning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi roli hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish masalalari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ushbu anjuman yoshlar oʻrtasida xalqaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ShHTning asosiy tamoyillarini targʻib etishda muhim maydon boʻlib xizmat qildi.

@tydclub
2
🔥 2
👏 2
2 19

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

TIFT Youth Diplomacy Club

137
A new project aimed at developing the diplomatic and political knowledge of TIFT students!

“Think globally, act diplomatically!”
Открыть в Telegram