avatar
TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali
@ttatf2018
10.08.2026 12:04
#Hamkorlik_yangi_bosqichda

Ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi sari

Toshkent davlat tibbiyot universitetining hududiy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Baymakov Sayfiddin Rixsibayevich, TDTU Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich hamda Surxondaryo tibbiyot klasteri vakillari ishtirokida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda universitet kafedralari va tibbiyot klasterining tegishli tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy tibbiyot integratsiyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va amaliyotchi mutaxassislar hamkorligini mustahkamlash, qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube |Web-sayt
👍 2
1 944
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali

4.4K
https://t.me/ttatf

Tibbiyot fanlari doktori OTAMURADOV FURQAT ABDUKARIMOVICH

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining telegramdagi ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar kanali.
Открыть в Telegram