#Hamkorlik_yangi_bosqichda
Ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi sari
Toshkent davlat tibbiyot universitetining hududiy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Baymakov Sayfiddin Rixsibayevich, TDTU Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich hamda Surxondaryo tibbiyot klasteri vakillari ishtirokida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda universitet kafedralari va tibbiyot klasterining tegishli tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy tibbiyot integratsiyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va amaliyotchi mutaxassislar hamkorligini mustahkamlash, qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube |Web-sayt