TSTU.UZ | NEWS
@tstu_news
5 24 3.5K
1–2 semestr davomida xorijiy oliy ta'lim muassasalarida tahsil olishni rejalashtirgan nomzodlar uchun Slovakiyaning Milliy stipendiyalar dasturi (NSP) doirasida qabul ochiq deb e’lon qilinadi.
Ushbu dastur xalqaro tajriba almashish va Yevropa ta’lim muhitida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar uchun qulay imkoniyat sanaladi.
🎓 Dastur doirasida belgilangan oylik stipendiya miqdorlari:
Bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun — 620 yevro;
PhD (tayanch doktorantura) tadqiqotchilari uchun — 1020 yevro.
⏳ Hujjat topshirishning so‘nggi muddati: 20-avgust.
Muhim eslatma: Dastur bo‘yicha ajratilgan kvotalar soni cheklangan hamda qabul jarayoni muddatidan avval yakunlanish ehtimoli mavjud. Shu munosabat bilan, nomzodlardan arizalarni kechiktirmasdan topshirishlari so‘raladi.
Murojaat uchun:
+998914117437
Toshkent davlat transport universitetining “Havodagi harakatni boshqarish” hamda “Radioelektron qurilmalar va vositalar” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalari uchun 2026/2027-o‘quv yiliga mo'ljallangan “O‘zaeronavigatsiya markazi” MChJ stipendiyasi tanloviga hujjatlar qabul qilish jarayoni boshlandi.
Tanlovda ishtirok etish shartlari:
➖ Kunduzgi ta’lim shaklida (davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida) o'qiyotgan bo'lish;
➖ Bakalavriatning 3- va 4-bosqich yoxud magistraturaning 2-bosqich talabasi bo‘lish.
(Ma'lumot oʻrnida: Stipendiya jami 5 nafar talabaga — 4 nafar bakalavriat va 1 nafar magistratura bosqichi uchun ajratiladi).
Hujjatlarni qabul qilish manzili: Asosiy bino, 451-xona
Hujjatlar qabuli: 2026-yil 20-avgustga qadar
Batafsil ma'lumot
2026–2027-o‘quv yili uchun Toshkent davlat transport universiteti “Qalqon” jamoatchilik guruhi safiga faol, mas’uliyatli, intizomli hamda universitet hayotida faol ishtirok etishni istovchi talabalar taklif etiladi.“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zosi sifatida siz:
Universitet hududida tartib-intizomni ta’minlashga ko‘maklashasiz;
Talabalar xavfsizligi va osoyishtaligini saqlashga hissa qo‘shasiz;
Ma’naviy-ma’rifiy, sport va ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etasiz;
Jamoada ishlash, liderlik va mas’uliyat ko‘nikmalarini rivojlantirasiz.
Agar siz vatanparvar, mas’uliyatli, faol va tashabbuskor talaba bo‘lsangiz, “Qalqon” jamoatchilik guruhi safida o‘z o‘rningizni egallang!
Toshkent davlat transport universitetida suv xo‘jaligi sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun ta’sis etilgan “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi”ga hujjatlar qabul qilish jarayoni boshlandi.
Stipendiya tanlovida ishtirok etish shartlari:
Suv xo‘jaligi sohasida tahsil olayotgan bakalavriatning 3- va 4-bosqich talabalari bo‘lish;
O‘quv hamda ilmiy-innovatsion faoliyatda yuqori natijalarga erishgan bo‘lish.
Hujjatlarni qabul qilish manzili: Asosiy bino, 451-xona
Hujjatlar qabuli: 2026-yil 10-avgustga qadar
Nizom bilan tanishing
📌 Muhim eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi.
Avtomobil yoʻllari muhandisligi fakulteti
Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti
Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti
Qurilish muhandisligi fakulteti
Temir yoʻl transporti muhandisligi fakulteti
Iqtisodiyot fakulteti
Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti
Xalqaro taʼlim dasturlari fakulteti
Ma’lumotlar tasdiqlanganidan keyin, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
Liderlik va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
Turli seminar, trening va loyihalarda ishtirok etadi;
Faoliyati davomida moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi.
Telegram
Instagram*
Bizni kuzating