avatar
TSTU.UZ | NEWS
@tstu_news
04.08.2026 15:03
Xorijda ta’lim olish imkoniyati: Slovakiyaning NSP dasturiga qabul jarayonlari davom etmoqda

1–2 semestr davomida xorijiy oliy ta'lim muassasalarida tahsil olishni rejalashtirgan nomzodlar uchun Slovakiyaning Milliy stipendiyalar dasturi (NSP) doirasida qabul ochiq deb e’lon qilinadi.

Ushbu dastur xalqaro tajriba almashish va Yevropa ta’lim muhitida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar uchun qulay imkoniyat sanaladi.

🎓 Dastur doirasida belgilangan oylik stipendiya miqdorlari:
Bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun — 620 yevro;
PhD (tayanch doktorantura) tadqiqotchilari uchun — 1020 yevro.

Hujjat topshirishning so‘nggi muddati: 20-avgust.

Muhim eslatma: Dastur bo‘yicha ajratilgan kvotalar soni cheklangan hamda qabul jarayoni muddatidan avval yakunlanish ehtimoli mavjud. Shu munosabat bilan, nomzodlardan arizalarni kechiktirmasdan topshirishlari so‘raladi.

Murojaat uchun:
+998914117437


Universitet rasmiy sahifalari:

TSTU.uz | TelegramInstagram* |Facebook* | YouTube | News
3
👍 2
5 24 3.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 5

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

TSTU.UZ | NEWS

11.8K
Ushbu kanalda Toshkent davlat transport universiteti tezkor yangiliklari, voqea-hodisalar haqida xabarlar berib boriladi

• instagram*.com/tstu.news
• facebook*.com/tstu.news
• twitter.com/tstu_news
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram