Talabalar diqqatiga: Yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatga turish endi bir joyda!
1-avgustdan boshlab talabalar turar joyiga (TTJ) joylashish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi. Bu yilgi jarayon talabalar uchun yanada qulaylashtirildi.
Endi yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatdan oʻtish
kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Nima o’zgardi?
Ilgari yotoqxonaga joylashgandan soʻng vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun alohida hujjat yigʻib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi!
Ariza topshirish uchun:
my.gov.uz’ga kirib,
“Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” xizmatini tanlang va maʼlumotlarni toʻldiring.
Arizangiz koʻrib chiqilib, elektron shartnoma va yo’llanma taqdim etiladi.
Shartnomada koʻrsatilgan toʻlovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha roʻyxatga olish uchun toʻlov shakllanadi.
Roʻyxatdan oʻtish toʻlovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz boʻyicha roʻyxatga olinganligingiz haqida
qayd varagʻi taqdim etiladi.
📌 Muhim eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi.
Обсуждение 44
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram