#hamkorlik
Xitoy ishbilarmonlari biznes uchun Toshkent viloyatidagi imkoniyatlarga qiziqish bildirmoqda
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Xitoyning yirik kompaniyalari rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda
YEMA GROUP CO., LTD, Sichuan Hebang Investment Group Co., Ltd., China Feihe Limited, Zhejiang ZHINK Group Co., Ltd., Beijing Century Beking Furniture Co., Ltd. hamda Inner Mongolia Wantong Road and Bridge Group Co., Ltd. kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Toshkent viloyatining investitsiyaviy salohiyati, sanoat va ishlab chiqarish imkoniyatlari, tabiiy resurslari, mavjud infratuzilmasi hamda yirik bozor sifatidagi afzalliklari haqida fikr almashildi.
Xitoylik ishbilarmonlar Toshkent viloyati bozoriga katta qiziqish bildirib, hududda o‘z biznes loyihalarini amalga oshirish va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini yuqori baholadilar.
Xususan, mineral resurslarni o‘zlashtirish, sanoat, oziq-ovqat va sut mahsulotlari ishlab chiqarish, to‘qimachilik, yangi materiallar, mebel sanoati, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli loyihalarni shakllantirish, investitsiya imkoniyatlarini chuqur o‘rganish va amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish, investorlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish va aniq loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Telegram Website YouTubeFacebook* TwitterInstagram*