avatar
Toshkent viloyati hokimligi
@toshvilpressa
сегодня, 06:15
#seminar

Sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish va samaradorlikni yuksaltirish masalalari muhokama qilindi

Olmaliq davlat texnika instituti binosida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati hamkorligida Integration xalqaro konsalting kompaniyasi eksperti Atanas Kochov hamda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda hududdagi sanoat korxonalarining vakillari uchun amaliy bilim va tavsiyalar taqdim etildi.

Seminar davomida korxonalarda foydalanilmayotgan resurslardan samarali foydalanish va toza ishlab chiqarish (RECP), Lean Management, Six Sigma metodologiyalari, shuningdek, ISO sertifikatlash tizimi bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar va amaliy yondashuvlar muhokama qilindi.

Tadbirda sanoat korxonalari, viloyat hokimligi, tuman va shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, oliy ta’lim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminar yakunida viloyat hokimi o‘rinbosari R. Kunarov va Integration xalqaro konsalting kompaniyasi eksperti Atanas Kochov o‘rtasida ilg‘or xalqaro tajribalarni Toshkent viloyatidagi mahalliy sanoat korxonalari faoliyatiga amaliyotga yo‘naltirilgan tarzda joriy etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Mazkur tashabbuslar viloyat sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, ortiqcha xarajat va yo‘qotishlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish hamda raqobatbardoshlikni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Telegram Website YouTubeFacebook* TwitterInstagram*
15 2.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent viloyati hokimligi

15.1K
Instagram* :https://www.instagram*.com/toshvilhokimlik?igs

Facebook* :https://fb.me/toshvilhokimiyat

Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil

Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz

Ishonch telefon:(71) 200 88 11

Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram