avatar
Toshkent viloyati hokimligi
@toshvilpressa
сегодня, 07:39
#press_tur

Zamonaviy tipda bunyod etilgan viloyat Xalq qabulxonasiga press-tur tashkil etildi

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi hamkorligida viloyatdagi yangi Xalq qabulxonasi faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur bo‘lib o‘tmoqda.

Unda 20 dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Press-tur doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i Farruh Omonov hamda Toshkent viloyati Xalq qabulxonasi boshlig‘i o‘rinbosari Nasiba Kulbekova OAV vakillariga yangi qabulxonaning faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish va nazorat qilish jarayonlari haqida ma’lumot bermoqda.

Shuningdek, jurnalist va blogerlarga fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, ularni o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish hamda murojaatlar ijrosini nazorat qilish jarayonlari namoyish etilmoqda.

Press-tur davomida OAV vakillari yangi Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar va murojaatlar bilan ishlashning zamonaviy mexanizmlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Telegram Website YouTubeFacebook* TwitterInstagram*
16 2.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent viloyati hokimligi

15.1K
Instagram* :https://www.instagram*.com/toshvilhokimlik?igs

Facebook* :https://fb.me/toshvilhokimiyat

Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil

Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz

Ishonch telefon:(71) 200 88 11

Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram