avatar
Toshkent viloyati hokimligi
Переслано от Rasmiy axborot
20.04.2026 07:14
Davlatimiz rahbari murojaat yo‘lladi: global narkotahdidlarga qarshi qat’iy choralar taklif etildi

Samarqand shahrida o‘tayotgan “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” xalqaro forumi ishtirokchilariga davlatimiz rahbari murojaat yo‘lladi.


Murojaatda bugungi kunda narkotiklar savdosi tobora murakkablashib, transchegaraviy va virtual tus olayotgani, bu esa global xavfsizlik va inson salomatligiga jiddiy tahdid solayotgani alohida ta’kidlandi. Xususan, dunyoda 300 milliondan ortiq inson giyohvand moddalar ta’siriga tushib qolgani, har yili qariyb 600 ming kishi ushbu illat qurboniga aylanayotgani qayd etildi.

Murojaatda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, sun’iy intellekt asosida ishlovchi yagona raqamli platforma yaratish, noqonuniy moliyaviy oqimlarga qarshi global mexanizmlarni joriy etish hamda yoshlarni giyohvandlikdan himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli tashabbuslar ilgari surildi.


Shuningdek, O‘zbekistonda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, milliy strategiya, profilaktika tizimi va xalqaro hamkorlik natijalari alohida qayd etildi.

@Rasmiy_axborot_official
9 2.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent viloyati hokimligi

14.5K
Instagram* :https://www.instagram*.com/toshvilhokimlik?igs

Facebook* :https://fb.me/toshvilhokimiyat

Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil

Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz

Ishonch telefon:(71) 200 88 11

Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram