#sog‘lom_hayot
Ma’lumki,Prezidentimiz tomonidan haftaning bir kuni “Sport kuni” deb e’lon qilinishi yurtimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, aholini ommaviy sportga keng jalb etishda muhim qadam bo‘ldi.
Bugun tuman markaziy o‘yingohida ertalabki badantarbiya mashqlari hamda keng qamrovli sport festivali yuqori saviyada tashkil etildi.
E’tiborlisi, mazkur festivalda nafaqat yoshlar, balki nuroniy otaxonlar va aholining turli qatlam vakillari ham ushbu tadbirlarda katta ishtiyoq va faollik bilan qatnashdi.
Bu esa jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, avlodlar o‘rtasida sport orqali yaqinlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbir doirasida
milliy kurash, futbol, yengil atletika, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti yaratilmoqda.
Shuningdek, ertalabki badantarbiya mashqlari orqali aholining kunni sog‘lom va faol boshlashiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Telegram Website YouTubeFacebook* Twitter Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram