avatar
Toshkent viloyati yoshlari | Yoshlar ittifoqi
@toshkentyoshlari_yi
сегодня, 09:12
Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish yo‘lida amaliy ishlar

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasidagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda tashkiliy ishlarni kuchaytirish yuzasidan amaliy yordam va tavsiyalar berildi.

Tadbirda Nuroniylar kengashi a’zosi ham ishtirok etib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, katta avlod tajribasidan samarali foydalanish va yoshlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi.

Shuningdek, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida badiiy va ma’rifiy adabiyotlardan iborat kitoblar to‘plami ham topshirildi.

Mazkur amaliy ishlar boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yish, yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish hamda ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.


Yoshlar bilan tizimli ishlash, Vatanga sadoqat va kelajakka mas’uliyat — ustuvor vazifamiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram| Instagram*|
Facebook*| YouTube
🔥 3
2
👏 1
1 90
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent viloyati yoshlari | Yoshlar ittifoqi

8.9K
©️ O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

🔹 Murojaat uchun: @yoshlar_ittifoqi_murojaat_bot
Открыть в Telegram