avatar
Toshkent viloyati yoshlari | Yoshlar ittifoqi
@toshkentyoshlari_yi
сегодня, 09:12
Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish yo‘lida amaliy ishlar

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasidagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda tashkiliy ishlarni kuchaytirish yuzasidan amaliy yordam va tavsiyalar berildi.

Tadbirda Nuroniylar kengashi a’zosi ham ishtirok etib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, katta avlod tajribasidan samarali foydalanish va yoshlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi.

Shuningdek, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida badiiy va ma’rifiy adabiyotlardan iborat kitoblar to‘plami ham topshirildi.

Mazkur amaliy ishlar boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yish, yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish hamda ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.


Yoshlar bilan tizimli ishlash, Vatanga sadoqat va kelajakka mas’uliyat — ustuvor vazifamiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram| Instagram*|
Facebook*| YouTube
🔥 3
2
👏 1
1 90
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Toshkent viloyati yoshlari | Yoshlar ittifoqi
Переслано от O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
вчера, 12:48
#Yoʻlovchi #OchiqMuloqot

“Yo‘lovchi” loyihasi doirasida avtoblogerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamkorligida “Yo‘lovchi” loyihasi doirasida avtoblogerlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yurtimizda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, haydovchi va piyodalarning yo‘l harakatidagi mas’uliyatini oshirish, ayniqsa yoshlar orasida zamonaviy va yuksak yo‘l madaniyatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, avtoblogerlar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini keng targ‘ib etish, jamoatchilik e’tiborini dolzarb muammolarga qaratish hamda foydali va ta’sirchan kontentlar orqali aholining huquqiy va yo‘l madaniyatini oshirish yuzasidan taklif va tashabbuslar bildirildi.


Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram*
Facebook* You tube
2
🔥 1
👏 1
133
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Toshkent viloyati yoshlari | Yoshlar ittifoqi
Переслано от O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
вчера, 04:40
#YoshlarOvoziGazetasi

Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqealar hamda qiziqarli ma’lumotlarni o‘tkazib yubormang!

“Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing!

Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari
Besh million sun’iy intellekt yetakchilari
Bandlik va tashabbuskorlik — mahalla rivojining bosh omili
Makon AI — katta investitsiyalar jalb qilayotgan loyiha
24 ta ekoloyihaga 1,14 mlrd so‘m grant
Yangi avlod tadbirkorlari
Bir kunda 10 ta medal
Biohaking: Insoniyat o‘zini qayta yarata oladimi?
Avans emas, bo‘nak


Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yoshlar ovozi” gazetasining Telegram sahifasiga obuna bo‘ling va voqealar rivojini kuzatib boring.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram*
Facebook* You tube
🔥 3
137
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Toshkent viloyati yoshlari | Yoshlar ittifoqi
@toshkentyoshlari_yi
11.08.2026 11:45
TOSHKENT VILOYATI FARZANDI — RESPUBLIKA G‘OLIBI!

Toshkent viloyati vakili Muqaddam Bekmuratova “Yashil tashabbuslar” forumining Respublika bosqichida o‘zining “Eko asfalt” loyihasi bilan munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!
Atrof-muhitga zarar yetkazmaslik, chiqindilarni qayta ishlash va ekologik toza yo‘l qurilish materiallarini yaratishga qaratilgan “Eko asfalt” tashabbusi hakamlar tomonidan yuqori baholanib, 50 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Bu yutuq — Muqaddam Bekmuratovaning izlanishi, tashabbuskorligi va innovatsion g‘oyalarining munosib e’tirofidir.

Toshkent viloyati yoshlarining har bir ezgu tashabbusi — yashil va farovon kelajak sari dadil qadam!
Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram| Instagram*|
Facebook*| YouTube
🔥 2
1
🤩 1
1 145
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Toshkent viloyati yoshlari | Yoshlar ittifoqi
Переслано от O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
11.08.2026 11:08
#YoshFermerlarChempionati

Diqqat! Oʻzbekistonda ilk bor “Yosh fermerlar chempionati”ga start berildi!

Joriy yilning avgust–oktabr oylarida respublikamiz boʻylab qishloq xoʻjaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar oʻrtasida yirik chempionat bo‘lib o‘tadi.

Nomzodlar 12 ta nominatsiya bo‘yicha bellashadi:
Yilning yosh agro innovatori
Yilning agro startap loyihasi
Yilning agro brendi
Yilning yosh eksport chempioni
Yilning yosh kooperatsiya ustasi
Yilning yosh dehqoni
Yilning yosh bogʻboni
Yilning yosh chorvadori
Yilning yosh issiqxonachisi
Yilning yosh ayol fermeri
Yilning oilaviy fermer xoʻjaligi
Yilning yosh agro blogeri


Har bir nominatsiya bo‘yicha gʻoliblar:
1-oʻrin — 50 million soʻm
2-oʻrin — 30 million soʻm
3-oʻrin — 20 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


Hoziroq yoshfermer.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻting va gʻoliblik sari ilk qadamni tashlang! Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi. Balki oʻzbekistonning ilk “Yosh fermer chempioni” aynan siz boʻlishingiz mumkin! Chempionatda koʻrishguncha!

Murojaat uchun telefon: +998957540277

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram*
Facebook* You tube
2
🔥 1
🤩 1
💯 1
2 117
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Toshkent viloyati yoshlari | Yoshlar ittifoqi
@toshkentyoshlari_yi
11.08.2026 08:02
Harbiy xizmatchilar kibersport maydonida!

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi hamda Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan biri hamkorligida harbiy xizmatchilar o‘rtasida kibersport musobaqasi tashkil etildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar strategik fikrlash, tezkor va aniq qaror qabul qilish, shuningdek, jamoaviy hamjihatlikda harakat qilish borasidagi mahoratlarini namoyon etdilar.

Bunday musobaqalar yosh harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarga qiziqishini oshirish hamda jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Hamkorlik — kuch, jamoaviylik — g‘alaba!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram| Instagram*|
Facebook*| YouTube
3
🔥 1
👏 1
👌 1
3 143
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Toshkent viloyati yoshlari | Yoshlar ittifoqi

8.9K
©️ O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

🔹 Murojaat uchun: @yoshlar_ittifoqi_murojaat_bot
Открыть в Telegram