avatar
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali | Matbuot xizmati
вчера, 05:59
Chorvachilik va baliqchilik loyihalari uchun 10 yilgacha imtiyozli kredit ajratiladi

emoji Chorvachilik yoki baliqchilik sohasida loyiha boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkor uchun eng muhim masalalardan biri — uzoq muddatli va qulay moliyalashtirish.

emoji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 6-avgustdagi 435-son qarori bilan chorvachilik va baliqchilik sohasidagi loyihalarni davlat resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirish mexanizmi joriy etildi.

Kreditning asosiy shartlari:
muddati — 10 yilgacha;
imtiyozli davr — 4 yil;
yillik foiz stavkasi — 10%;
shundan bank marjasi — 4% .

Ya’ni tadbirkorga loyihani ishga tushirish, ishlab chiqarish quvvatini shakllantirish va daromad olish uchun yetarlicha muddat berilishi belgilandi.

Loyihaning yo‘nalishiga qarab kredit miqdori 5 milliard so‘mdan 20 milliard so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

5 milliard so‘mgacha mablag‘:
chorvachilik va baliqchilik majmualarini tashkil etish;
🏗qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash;
nasldor yirik va mayda shoxli mollar;
naslli baliqlar xaridi kabi maqsadlarga yo‘naltiriladi.

20 milliard so‘mgacha kredit esa yirikroq loyihalar, jumladan:
naslli buqalar urug‘ini yetishtirish korxonalarini tashkil etish;
qurilish va asbob-uskunalar xaridi;
naslli qoramollar xaridi;
baliqchilik, shu jumladan naslli baliq yetishtirish loyihalarini moliyalashtirishga beriladi.

Kredit resurslari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan ajratiladi.

Jamg‘arma mablag‘larni tijorat banklariga yillik 6% stavkada, 10 yil muddatga va 4 yillik imtiyozli davr bilan joylashtiradi.

Shu bilan birga, kredit olish avtomatik tarzda amalga oshirilmaydi. Bank qarz oluvchining moliyaviy holati, to‘lov qobiliyati, to‘lov intizomi va kredit tarixini baholaydi.

Kredit ta’minoti sifatida mol-mulk garovi, kreditni qaytarmaslik xavfini sug‘urtalash, uchinchi shaxs kafilligi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari qabul qilinishi mumkin.

Kredit olish uchun arizani "Agroplatforma" axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etish mumkin.

Telegram  Facebook*
emoji Instagram* Youtube
Twitter
2
2 243
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali | Matbuot xizmati

1.2K
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali matbuot xizmati rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Al-Xorazmiy, 35A
🌐 Veb-sayt: https://www.svmitf.uz
Открыть в Telegram