#Qonunchilikdagi_yangiliklar
️ Oliy ta'lim to'g'risidagi nizom yangidan tasdiq
landi
Adliya vazirligi Oliy ta'limga oid idoraviy hujjatni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3807, 03.04.2026-y.).
�� Mazkur hujjat bilan Oliy ta'lim to'g'risidagi nizom yangidan tasdiqlanib, unda oliy ta'lim tizimini tashkil etish,
ta'lim jarayoni, boshqaruv, moliyaviy munosabatlar hamda talabalar va pedagog xodimlarning huquq va majburiyatlari
belgilandi.
�� Nizomga ko'ra, oliy ta'lim bakalavriat va magistratura bosqichlari orqali amalga oshiriladi.
⏳Bakalavriat ta'limi kamida 3 yil davom etadi.
✅ O'qish muddati
kunduzgi ta'lim shakliga nisbatan:
▫️ sirtqi ta'lim shaklida
kamida 1 o'quv yili;
▫️ kechki ta'lim shaklida kamida yarim o'quv yili muddatiga ko'proq bo'lishi kerak.
�� Oliy ta'lim kunduzgi,
masofaviy, dual, inklyuziv ta'lim va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
�� Bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mos bo'lishini ta'minlash maqsadida
o'quv dasturlari va
malaka talablari ish beruvchilar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.
▶️ Talabalarga quyidagi
huquqlar beriladi:
➖ ta'lim
sifatini oshirish bo'yicha takliflar kiritish;
➖ ta'lim jarayoniga oid muhokamalarda ishtirok etish;
➖
kutubxona va axborot resurslaridan bepul foydalanish;
➖ xalqaro almashinuv va
qo'shma ta'lim dasturlarida qatnashish;
➖ oliy ta'lim tashkiloti rahbariyati qarorlari ustidan
shikoyat qilish;
➖ mehnat qonunchiligiga muvofiq
mehnat shartnomasi asosida oliy ta'lim tashkilotining o'zida yoki boshqa tashkilotlarda ishlash;
➖ kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotgan talabalar
stipendiya olish.
�� Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarni
ta'lim olish bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
❇️ Talabalar oliy ta'lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari va
odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari kerak.
⏯️ Shuningdek, ta'lim jarayoni milliy kredit-modul tizimi asosida tashkil etilib, u Yevropa
kredit transfer tizimiga moslashtiriladi.
�� Oliy ta'lim tashkilotlariga
akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��
Instagram*/ �
Telegram/ �
Website/ �
You Tube /�
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram