H
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
06.04.2026 15:55
Eslatma: mazkur audio "LexVoice" sun'iy intellekt xizmatidan foydalanib tayyorlangan.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Oliy ta'lim to'g'risidagi nizom yangidan tasdiqlandi


Adliya vazirligi Oliy ta'limga oid idoraviy hujjatni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3807, 03.04.2026-y.).

🔰 Mazkur hujjat bilan Oliy ta'lim to'g'risidagi nizom yangidan tasdiqlanib, unda oliy ta'lim tizimini tashkil etish, ta'lim jarayoni, boshqaruv, moliyaviy munosabatlar hamda talabalar va pedagog xodimlarning huquq va majburiyatlari belgilandi.

📝 Nizomga ko'ra, oliy ta'lim bakalavriat va magistratura bosqichlari orqali amalga oshiriladi.

⏳Bakalavriat ta'limi kamida 3 yil davom etadi.

✅ O'qish muddati kunduzgi ta'lim shakliga nisbatan:

▫️ sirtqi ta'lim shaklida kamida 1 o'quv yili;
▫️ kechki ta'lim shaklida kamida yarim o'quv yili muddatiga ko'proq bo'lishi kerak.

🗒 Oliy ta'lim kunduzgi, masofaviy, dual, inklyuziv ta'lim va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.

📁 Bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mos bo'lishini ta'minlash maqsadida o'quv dasturlari va malaka talablari ish beruvchilar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.

▶️ Talabalarga quyidagi huquqlar beriladi:

➖ ta'lim sifatini oshirish bo'yicha takliflar kiritish;
➖ ta'lim jarayoniga oid muhokamalarda ishtirok etish;
kutubxona va axborot resurslaridan bepul foydalanish;
➖ xalqaro almashinuv va qo'shma ta'lim dasturlarida qatnashish;
➖ oliy ta'lim tashkiloti rahbariyati qarorlari ustidan shikoyat qilish;
➖ mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat shartnomasi asosida oliy ta'lim tashkilotining o'zida yoki boshqa tashkilotlarda ishlash;
➖ kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotgan talabalar stipendiya olish.

🚫 Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarni ta'lim olish bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

❇️ Talabalar oliy ta'lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari kerak.

⏯️ Shuningdek, ta'lim jarayoni milliy kredit-modul tizimi asosida tashkil etilib, u Yevropa kredit transfer tizimiga moslashtiriladi.

📑 Oliy ta'lim tashkilotlariga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
Oliy_ta'lim_to'g'risidagi_nizom_yangidan_tasdiqlandi.mp3
18 2.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
H

Huquqiy axborot | Lotin

7.2K
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Открыть в Telegram