Faxrli lahza
Prezident stipendiyasi sohibasi bo‘lgan talabamiz E’zoza Qo'chqorova universitetimizga ota-onasi bilan taklif etildi. Talabalar, ustozlar va jamoa oldida u o‘z muvaffaqiyat yo‘li, duch kelgan qiyinchiliklari va yutuqqa olib kelgan mehnati haqida samimiy so‘zlab berdi.
Bu nafaqat bir talabaning g‘alabasi, balki ota-onaning ishonchi, ustozlarning mehnati va universitet muhitining natijasi ekanini yana bir bor his qildik.
Tadbirning eng hayajonli lahzasida TIFT universiteti rektori tomonidan E’zozaga TIFT magistraturasida o‘qishini davom ettirishi uchun 2 yillik % grant tantanali ravishda topshirildi.
Bu qaror — bilim, mehnat va qat’iyat doimo e’tirof etilishini ko‘rsatadi. Bugun TIFT sahnasida nafaqat bir stipendiya, balki bir orzu, bir ishonch va bir kelajak taqdirlandi.
TIFT — iste’dod qadrlanadigan va qo‘llab-quvvatlanadigan maskan.
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram