TIFT faxri — E’zoza Qo'chqorova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi!
Quvonchli va faxrli xabar!
TIFT universiteti talabasi E’zoza Qo'chqorova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.
Bu yuksak yutuq — E’zozaning bilimga bo‘lgan intilishi, mehnati, izlanishi va qat’iyatining yorqin natijasidir.
Prezident stipendiyasi — faqat bilimli, faol va maqsadli yoshlar uchun beriladigan eng nufuzli e’tiroflardan biridir.
E’zozaning aytishicha, o‘qishni boshlagan paytlarida ko‘plab odamlar unga:
“Xususiy universitetda o‘qib bunday yuksak natijalarga erishib bo‘lmaydi” — degan fikrlarni bildirgan. Ammo, u bu stereotiplarga emas, o‘z maqsadi, mehnati va bilimga bo‘lgan ishonchiga tayandi.
Biz E’zozaning ota-onasi va ta'lim bergan ustozlariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz!
TIFT — yutuqlar boshlanadigan ilm maskani.
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 7
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram