avatar
bakiroo
@the_bakiroo
16.03.2026 13:05
bakiroo Фото: 250 кубми ё 500 куб Истеъмолчилар тақдим этаётган маълумотларга кўра, мартнинг 15 куни учун 500 куб эмас, амалда 250 куб базавий меъёр белгиланган бўлиши мумкин. Ҳартугул, кўраётганингиз шикоятчи истеъмолчи ҳисобидан 250 кубгача истеъмол учун 1 000 сўмдан, 250 кубдан ортиғига эса 1 800 сўмдан ечилган. Буёғи қандай бўлди? Сизларда қандай? Энергетикларимиз изоҳ ё тушунтириш берадими?
Энерготалқин: 500 эмас, 250 куб

Энергетика вазирлиги 15 мартга қадар ваъда қилинган 500 кублик базавий меъёрни "пропорционал" тақсимлаш кераклиги ҳақида маълум қилмоқда. Яъни энергетикларнинг янги талқинига кўра, 15 мартга қадар базавий меъёр 250 куб экан, ваъда қилинганидек, 500 куб эмас:

"Бир ойлик 500 куб метр базавий меъёр ойнинг биринчи ярми учун (1-15-март кунлари) тенг улушларда (пропорционал) тақсимланганда 250 куб метрни ташкил этади".

Эътиборлиси, 2 март ва 3 март кунги баёнотларида Энергетика вазирлиги "пропорционал" сўзини ишлатмаганди, ваъда қилинган 500 кубни 1-15 март даври учун иккига бўлиб, 250 куб базавий меъёр ҳисобланишини тушунтирмаганди. Агар аввалбошдан шунақа талқин очиқ айтилганда, истеъмолчилар шунга мувофиқ иш тутган бўлишарди ёки ҳеч бўлмаса алданишмасди.

Нима бўлгандаям энерготалқин нега яна истеъмолчилар (айниқса тежамкорлар) зиёнига ўгирилиб кетгани таажжубли. Қачон мантиқ бўлганди ўзи?
Telegram
MINENERGY.UZ
#rasmiy_xabar Aholi iste’molchilari 16–31-mart kunlari yana qo‘shimcha 50 kub metr tabiiy gazga arzonlashtirilgan narxda to‘laydilar Avval xabar berganimizdek, respublikamiz hududlarida mart oyi boshida havo haroratining keskin soviganligini inobatga olib, tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan oylik bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirilgan edi. “O‘zgidromet” joriy yilning 16-20-mart kunlari respublikamiz hududlarida havo harorati kunduzi +22°С gacha, kechasi +10°С bo‘lishi e’lon qilindi. Shu munosabat bilan, bugun, 16-martdan boshlab 1-noyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-oktyabrgacha) “bazaviy meʼyor” amal qiladi. Mart oyi uchun muhim eslatma: Bir oylik 500 kub metr bazaviy me’yor oyning birinchi yarmi uchun (1-15-mart kunlari) teng ulushlarda (proporsional) taqsimlanganda 250 kub metrni tashkil etadi. Bir oylik 100 kub metr bazaviy me’yor oyning ikkinchi yarmi uchun (16-31 mart kunlari) teng ulushlarda (proporsional) taqsimlanganda 50 kub metrni tashkil etadi va mana shu 50 kub metr gaz uchun ham aholi iste’molchilari bazaviy me’yor doirasida, ya’ni 1800 so‘mdan emas, 1000 so‘mdan to‘lov amalga oshiradilar. Tabiiy gaz iste’molidagi barcha hisob-kitoblar bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarga “Hududgazta’minot” AJ va uning hududiy filiallari tushuntirishlar beradi. Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi. Jumladan, kompensatsiya miqdori: 💡Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha; 👨‍👩‍👧‍👦 Tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi. 📆 Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda. Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇 @minenergy_uz
55 16.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram