avatar
bakiroo
@the_bakiroo
06.03.2026 15:45
Тошкент маъмурияти зарядлаш станцияларини узишнинг “айни пайти” деб ҳисобладими?

Пойтахт Тошкентда 100 дан ортиқ зарядлаш станциялари тармоқдан узилган. Зарядлаш станцияларига қарши рейдлар биринчи марта эмас, 2024 йил декабрда ҳам, айни энергокризис пайти шундай кампания ўтказилганди.

Зарядлаш станцияларига қарши янги кампания яна свет ўчишлар кўпайган ва метан газ таъминотидаги узилишлар авжига чиққан кунларга тўғри келаётганига эътибор қаратмаслик мумкин эмас.

Макаренко ҳақ: соғлом фикрли истеъмолчилар ҳам, масъулиятли бизнес вакиллари ҳам на бекатлар, на станцияларни тартибга солишга қарши эмас. Лекин бу қандай амалга оширилмоқда? Мулк ва ижара ҳуқуқи, асл айбдорлар масъулияти, компенсация кафолати бир четда қолиб, пала-партиш қудрат қўллашга айланиб кетмаяптими?

Зарядлаш станцияларида ўтган галги “инвентаризация”дан кейин қандай хулосалар қилинди ўзи? Балки зарядлаш станциялари учун алоҳида тартиб-қоидалар керакдир? Кадастр келиб бир гапни, энергетиклар келиб иккинчи гапни, ҳокимият келиб учинчи гапни айтмаслиги керак. Аввал ўша тартиб-қоидаларни ишлаб чиқинглар, эълон қилинглар, мувофиқлик учун вақт беринглар, кейин жазоланглар ана.

Худди шундай бекатлар билан ҳам. Нега масалан, бекатда дўкон жойлашган бўлса, дўкон қонуний ва ҳужжатли бўлса, бекатни 50-100 метрга кўчириш мумкин эмас?

Зарядлаш станциялари ва бекат-дўконлар сегментидаги тадбиркорлар дардини кимдир эшитдими, улар билан кимдир очиқ мулоқот қилдими? Ҳокимиятда бундай хоҳиш бўлмаса, балки Савдо-саноат палатаси киришар бу ишга? Барака топгурлар, зарядлаш станция ўрнатган ҳам, бекат-дўкон эгасиям тадбиркор.
Telegram
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
UPD 🔋 So‘nggi kunlarda elektr quvvatlantirish shoxobchalari mavzusi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Shu munosabat bilan ushbu masalaga oydinlik kiritishni muhim deb hisoblaymiz. ⚡️Avvalo, shahardagi elektr quvvatlantirish infratuzilmasi to‘xtatilgani yo‘q va ishlashda davom etmoqda. Toshkentda quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan 1300 ga yaqin tezkor quvvatlantirish qurilmasi o‘rnatilgan, o‘tkazilayotgan xatlov esa tarmoq faoliyatining to‘xtatilishini anglatmaydi — u ulanishlarni tartibga solish va aholi uchun xavf-xatarlarni kamaytirish maqsadida zarur. Shahar hokimligi tashabbusi bilan 3-mart kuni 12 ta ishchi guruh tuzilib, ular xatlov ishlarini boshladi. Bugungi kunga qadar 300 dan ortiq shoxobcha xatlovdan o‘tkazildi, bu esa ulanishlar holatini va tarmoqqa tushayotgan amaldagi yuklamani baholash imkonini bermoqda. Xatlov davomida ayrim qoidabuzarliklar aniqlandi: 101 ta shoxobcha zarur hujjatlari yo‘qligi sababli vaqtincha tarmoqdan uzildi, shuningdek, 62 ta shoxobchaning elektr ta’minoti korxonalari bilan shartnomasi mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. 💡 Bu nima uchun muhimligini sodda qilib tushuntiramiz. Quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan tezkor quvvatlantirish — bu elektr tarmoqlari uchun jiddiy yuklamadir: bitta avtomobil qisqa vaqt ichida o‘nlab kilovatt energiya iste’mol qilishi mumkin. Agar ulanish hisob-kitoblarsiz va texnik shartlarsiz amalga oshirilsa, turar joy binolarining elektr ta’minotida haddan tashqari yuklama va uzilishlar xavfi ortadi. Biz esa bir shahar ahlimiz va biz uchun uylar, maktablar va shifoxonalarda elektr energiyasining barqaror bo‘lishi hayotiy muhim ahamiyatga ega. 🔆 Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar elektromobillik rivojini cheklashga emas, balki energiya tizimining xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Hozir tartib o‘rnatib, aniq talablarni belgilab olish muhim — shunda quvvatlantirish infratuzilmasi ham sokin va barqaror rivojlanadi. ⚡️ Alohida ta’kidlaymiz: huquqiy baho berish vakolatli organlarning vazifasiga kiradi. Ular nafaqat qoidabuzarliklarni qayd etadi, balki obyektlarni talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha yechimlarni ham taklif qiladi. ✔️ Shahar qonuniy doirada ishlashga va texnik talablarga rioya qilishga tayyor tadbirkorlar bilan konstruktiv hamkorlik qilish uchun ochiq.
78 21.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram