avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
12.04.2026 10:40
Tarmoqda Galaxy Z Flip8 modelining ilk renderlari paydo bo‘ldi

Tasvirlarni MyMobiles portali e’lon qilgan, renderlarni esa Steve Hemmerstoffer (OnLeaks nomi bilan tanilgan) qo‘lga kiritgan.

Yopiq holatda Flip8 avvalgisiga qaraganda yarim millimetrga yupqaroq bo‘ladi, biroq qolgan o‘lchamlari deyarli o‘zgarmaydi: qurilma 4,1 dyuymli tashqi va 6,9 dyuymli ichki displeyga ega bo‘ladi.

Ishlash samaradorligi uchun 2-nanometr texnologik jarayonda ishlab chiqarilgan Exynos 2600 javob beradi — ushbu chipga ega test versiyadagi Flip8 allaqachon Geekbench testlarida ko‘rinib ulgurgan.

Joriy yilda batareya sig‘imi qanchaga oshishi hozircha noma’lum. Shuningdek, Samsung kameralarni yangilashni rejalashtiryaptimi yoki yo‘q — bu ham aniq emas. Kompaniya oxirgi marta kameralarni 2024-yilda, Flip6 taqdimoti bilan birga yangilagan edi.

Taxminlarga ko‘ra, Samsung ushbu qurilmani iyul oyidagi Galaxy Unpacked tadbirida taqdim etadi.
🔥 27
9
6
🏆 3
🎃 1
12 5 4.3K
avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
12.04.2026 08:40
Xitoy smartfonlari tiklangan xotiraga o‘tmoqda

Operativ xotira inqirozi (RAMmageddon, hazilomuz tarzda shunday ataladi) ishlab chiqaruvchilarni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi: ularning ayrimlari yangi smartfonlarda eski chiplarni ishlatishga tayyor.

Insayder Yogesh Brar yozishicha, “ba’zi smartfon brendlari” oddiy chiplarni yetarli miqdorda xarid qila olmagan va tiklangan xotiraga o‘tgan. Narxlar oshmoqda, mikrosxemalar soni kamaymoqda: ularning katta qismini sun’iy intellekt sanoati olib qo‘ygan, qolganini esa Apple sotib olgan. Natijada ayrim ishlab chiqaruvchilar komponentlarsiz qolmoqda.

Aniq brendlar aytilmagan, biroq taxmin qilish mumkinki, bu ko‘proq Xitoyning byudjet smartfon ishlab chiqaruvchilariga tegishli. Shunga qaramay, yuqori segment ham zarar ko‘rmoqda. Masalan, Ice Universe ma’lumotiga ko‘ra, ayrim Xitoy brendlari katta xotirali Ultra-modellarni chiqarishni vaqtincha to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Taxmin qilish mumkinki, gap Tecno, Infinix, iQOO, REDMI yoki POCO haqida ketmoqda — ular “Ultra” versiyalarni o‘z lineykalaridan olib tashlashi mumkin.

Shrinkflatsiya tobora kuchaymoqda: ham qimmat, ham byudjet smartfonlar yanada qimmatroq va sifati pastroq bo‘lib boradi.
20
🤔 10
6
🏆 5
12 5 4.9K
avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
11.04.2026 15:15
Smartfon sotuvlari sun’iy intellekt sabab butun dunyo bo‘ylab keskin pasaydi

Bozorning eng yirik 5 ta yetakchisi orasida deyarli barchasida sotuvlar kamaygan, Apple bundan mustasno. Apple kompaniyasi bozorning 21% ulushini egallab, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5% ko‘proq smartfon yetkazib bergan. Bu ma’lumotlar Counterpoint Research tahlil agentligi tomonidan e’lon qilindi.

Eng og‘ir holat Xiaomi kompaniyasida kuzatilmoqda: uning yetkazib berish hajmi 19% ga kamaygan. Biroq bozordagi umumiy vaziyatga qaramay, kompaniya hali ham faoliyatini davom ettirmoqda. ASUS va Meizu kabi kichikroq va omadi kamroq ishlab chiqaruvchilar esa umuman bozordan chiqib ketgan.

Tahlilchilarga ko‘ra, inqirozning asosiy sababi — komponentlar tanqisligi bo‘lib, bu ishlab chiqaruvchilarni smartfon narxlarini oshirishga majbur qilgan. Vaziyatni yanada og‘irlashtirgan omil esa chorak oxirida Yaqin Sharqda yuzaga kelgan mojaro bo‘lib, u muhim ta’minot zanjirlarini izdan chiqargan.

Agar vaziyat yaxshilanmasa, Android-smartfonlar bozori yil oxiriga borib deyarli ikki baravargacha qisqarishi mumkin.
34
👍 9
6
👏 4
🏆 1
17 12 5.2K
avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
11.04.2026 13:15
Mish-mish: GTA VI PC uchun 2027-yil fevralda chiqishi mumkin

Bunday ma’lumotni sobiq Rockstar dasturchilari insayder DetectiveSeeds orqali ulashgan. Agar bu ma’lumot tasdiqlansa, unda GTA VI o’yinining PC versiyasi konsol relizidan atigi to‘rt oy o‘tib chiqarilishi mumkin.

Bu Rockstar o‘yinlari tarixidagi eng qisqa interval bo‘lmaydi. Hozircha rekord Max Payne 3 o’yiniga tegishli (2 hafta), GTA IV va GTA V esa mos ravishda 7 oy va 1,5 yil o‘tib PC’da paydo bo‘lgan.

Yangi kriminal jangovar o‘yinning relizi 19-noyabr kuni PS5 va Xbox Series X’da bo‘lib o‘tadi.
👍 47
8
5
❤‍🔥 5
🏆 1
15 15 5K
avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
11.04.2026 11:15
Oy missiyasi yakunlandi: “Artemis-2” ekipaji muvaffaqiyatli Yerga qaytdi

“Orion” kosmik kemasi Toshkent vaqti bilan soat 05:07 da Tinch okeaniga, Kaliforniya sohillari yaqinida muvaffaqiyatli qo‘ndi.

Endi to‘rt nafar astronavt — Rid Uayzman, Viktor Glover, Kristina Kuk va Jeremi Hansen — chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng ular Xyustonga samolyot orqali jo‘nab ketadi va munosib dam olishadi. NASA parvoz yakunlari bo‘yicha ertaga Toshkent vaqti bilan soat 07:35 da katta matbuot anjumani o‘tkazadi.

“Artemis-2” 1972-yildan buyon insonning Oyga amalga oshirgan ilk boshqariladigan parvozi bo‘ldi. Ekipaj Yer sayyorasidan 406 765 km uzoqlashib, mutlaq rekord o‘rnatdi. Shuningdek, ular Oyning orqa tomonida Quyosh tutilishining ajoyib manzarasini tasvirga oldi hamda kosmosda “uchib yurgan Nutella” memini ham ommalashtirdi.

Agar hammasi reja asosida davom etsa, “Artemis-3” doirasidagi navbatdagi Oy parvozi allaqachon kelasi yilga rejalashtirilgan.
🔥 38
13
👏 8
👍 7
2
🏆 1
8 15 5.1K
avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
10.04.2026 19:05
Dyson o‘zining birinchi portativ ventilyatorini taqdim etdi — HushJet Mini Cool

Qurilma Boost rejimida daqiqasiga 65 000 aylanmagacha ishlaydigan cho‘tkasiz motor tufayli soniyasiga 25 metrgacha havo oqimini ta’minlaydi. Umuman olganda, ventilyatorda 5 ta tezlik rejimi mavjud. Taqqoslash uchun, boshqa portativ ventilyatorlarning aylanish tezligi odatda daqiqasiga 3000–7500 aylalanish atrofida bo‘ladi.

HushJet Mini Cool og‘irligi taxminan 213 gramm. Korpus diametri 38 mm, balandligi esa 20 sm.

Bitta quvvatlanishda 6 soatgacha ishlaydi va USB-C orqali taxminan 3 soatda to‘liq zaryadlanadi.

Alohida e’tibor shovqin darajasiga qaratilgan: minimal tezlikda u taxminan 52 dBA (inson qulog‘i sezgirligiga moslashtirilgan desibel o‘lchovi), Boost rejimida esa 72,5 dBA gacha yetadi.

Dyson uchun narx nisbatan arzon — atigi 100 dollar.
🔥 20
5
👍 3
1
🏆 1
2 3 3K
avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
10.04.2026 17:05
12 GB xotirali MacBook Neo kelasi yil chiqariladi

Birinchi versiyani shoshilib xarid qilmaslik tavsiya etiladi — ikkinchi avlodda xotira hajmi kattaroq bo‘ladi, deb yozadi tayvanlik tahlilchi Tim Kalpan.

Yangilangan Neo modelida mantiqiy yangilanish kutilmoqda — bu iPhone 17 Pro’dagi A19 Pro chipi bo‘ladi. Ushbu chipda allaqachon 12 GB umumiy (yagona) operativ xotira mavjud. Agar siz bazaviy Neo modelidagi 8 GB yetishmovchiligiga duch kelgan bo‘lsangiz, Apple bu muammoni hal qilishni rejalashtirmoqda.

Ishlatilishi rejalashtirilgan chiplar to‘liq emas, balki “saralangan” variantlar bo‘ladi: ularda 6 ta emas, 5 ta grafik yadrosi mavjud. Aks holda, bunday chiplar utilizatsiya qilinardi. Shu tariqa noutbuk uchun chip biroz kuchliroq bo‘ladi, biroq grafik qismi birinchi A18 Pro darajasida qoladi.

Apple birinchi versiyani mart oyida taqdim etganini hisobga olsak, uning davomchisini ham bahorda, ammo 2027-yilda kutish mumkin.
22
6
😁 5
👍 3
🔥 1
🏆 1
9 3 3.2K
avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
10.04.2026 15:05
“iPhone’da suratga olingan”: agar Apple NASA bilan kelishuvga erishsa, reklama shunday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin

Oyga parvozdan oldin NASA astronavtlarga kosmosga smartfon olib chiqishga ruxsat berdi. Maqsad — ular o‘z oilalari va butun dunyo bilan ilhomlantiruvchi kadrlarni bo‘lishish imkoniga ega bo‘lishi.

Natija uzoq kuttirmadi — 2-aprel kuni “Orion” kemasidan astronavtlar iPhone 17 Pro Max’da olingan ilk selfilarni yuborishdi.

“Artemida-2” ekipaji iPhone’da hamma narsani suratga olmoqda: o‘zlarini, kosmik kemani va hatto Oy yuzasini — NASA esa bu suratlarni tezkorlik bilan e’lon qilib bormoqda.

Apple muxlislari darhol bu fotosuratlar kompaniya saytida va ko‘cha bannerlarida “iPhone’da suratga olingan” shiori ostida qanday ko‘rinishini tasavvur qilishdi. Juda ta’sirli ko‘rinadi, biroq bunday reklamani ko‘rish ehtimoli juda past — bunga ikkita asosiy sabab bor.

Birinchidan, NASA qoidalariga ko‘ra, astronavtlar suratlaridan tijoriy maqsadlarda foydalanish faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama bo‘lmagan hollardagina mumkin. Ya’ni ilmiy-texnik jurnal chiqarish mumkin, lekin ularni iPhone reklama roligida ishlatib bo‘lmaydi.

Ikkinchidan, astronavtlar bilan alohida reklama shartnomasi tuzish ham mumkin emas: NASA xodimlariga o‘z ismi, surati va lavozimidan agentlik ruxsatisiz foydalanish taqiqlangan.

Eng oxirgi variant sifatida NASA bunday suratlar huquqini sotishi mumkin, ammo buning uchun auktsion o‘tkazilishi kerak bo‘ladi va Apple taklifini xususiy kolleksionerlar ham ortda qoldirishi ehtimoldan xoli emas.

Agar Apple haqiqatan ham bu suratlarni o‘z mulkiga aylantira olsa, bu kompaniya uchun katta yutuq bo‘ladi.
👍 30
10
😁 6
2
🏆 2
💔 2
9 10 3.1K
avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
10.04.2026 13:05
Samsung Display buklanadigan iPhone Ultra uchun monopol ekran ishlab chiqarivchusiga aylandi

LG hali ham zarur displeylarni ishlab chiqara olmayotgani, BOE esa sifat bo‘yicha yetarli darajaga chiqolmagani sababli, Apple kompaniyasi Samsung Display bilan uch yillik eksklyuziv shartnoma tuzishga majbur bo‘ldi. Ushbu kelishuv kompaniyaning ilk buklanadigan smartfoni uchun ekran yetkazib berishni nazarda tutadi, deb yozadi The Elec.

Tashabbus Samsung kompaniyasining o‘zi tomonidan ilgari surilgan — kompaniya o‘z rahbariyatini bu hamkorlik zarurligiga ishontira olgan. Bu loyihada qanday katta mablag‘lar aylanishini faqat taxmin qilish mumkin.

Dastlab 10 million dona panel yetkazib berilishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, biroq hozir prognoz ancha ehtiyotkor — atigi 3 million dona. Bunday ehtiyotkorlik iPhone Ultra narxi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon narxi $2400 gacha yetishi mumkin.

Shunga qaramay, kompaniyaning ilk buklanadigan smartfoni “Fold” segmentining taxminan 20 foizini egallashi mumkin. Ba’zi tahlilchilarning fikricha, hatto bunday yuqori narxda ham iPhone Ultra modelining chiqishi buklanadigan smartfonlarga bo‘lgan qiziqishni oshirib, sotuvlarni ko‘paytirishi mumkin.
😁 31
👍 15
2
2
🏆 2
31 13 3.4K
avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
10.04.2026 11:23
Bir kunda ikkita jang ��

Ishtirokchilar kim FIFAda kuchli ekanligini aniqlashadi. Undan tashqari o'yin davomida boshlovchi tomonidan berilgan chalg'ituvchi shartlarni ham bajarishlari kerak.


Soat 13:00
Bekmirza x Temur Khatamov

Soat 15:00
Azimchik x Radik

Tashrif buyurib bu jo'shqin hissiyotlarni biz bilan baham ko'ring.

Shoshiling, joylar soni chegaralangan.

Chiptalar: shu yerda yoki bot orqali @sahnastandup_bot
30
11
👍 5
👏 2
🔥 1
🤩 1
6 3 3.5K

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram