avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
11.04.2026 11:15
Oy missiyasi yakunlandi: “Artemis-2” ekipaji muvaffaqiyatli Yerga qaytdi

“Orion” kosmik kemasi Toshkent vaqti bilan soat 05:07 da Tinch okeaniga, Kaliforniya sohillari yaqinida muvaffaqiyatli qo‘ndi.

Endi to‘rt nafar astronavt — Rid Uayzman, Viktor Glover, Kristina Kuk va Jeremi Hansen — chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng ular Xyustonga samolyot orqali jo‘nab ketadi va munosib dam olishadi. NASA parvoz yakunlari bo‘yicha ertaga Toshkent vaqti bilan soat 07:35 da katta matbuot anjumani o‘tkazadi.

“Artemis-2” 1972-yildan buyon insonning Oyga amalga oshirgan ilk boshqariladigan parvozi bo‘ldi. Ekipaj Yer sayyorasidan 406 765 km uzoqlashib, mutlaq rekord o‘rnatdi. Shuningdek, ular Oyning orqa tomonida Quyosh tutilishining ajoyib manzarasini tasvirga oldi hamda kosmosda “uchib yurgan Nutella” memini ham ommalashtirdi.

Agar hammasi reja asosida davom etsa, “Artemis-3” doirasidagi navbatdagi Oy parvozi allaqachon kelasi yilga rejalashtirilgan.
🔥 38
13
👏 8
👍 7
2
🏆 1
8 15 5.1K

Обсуждение 8

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram