Smartfon sotuvlari sun’iy intellekt sabab butun dunyo bo‘ylab keskin pasaydi
Bozorning eng yirik 5 ta yetakchisi orasida deyarli barchasida sotuvlar kamaygan, Apple bundan mustasno. Apple kompaniyasi bozorning 21% ulushini egallab, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5% ko‘proq smartfon yetkazib bergan. Bu ma’lumotlar Counterpoint Research tahlil agentligi tomonidan
e’lon qilindi.
Eng og‘ir holat Xiaomi kompaniyasida kuzatilmoqda: uning yetkazib berish hajmi 19% ga kamaygan. Biroq bozordagi umumiy vaziyatga qaramay, kompaniya hali ham faoliyatini davom ettirmoqda. ASUS va Meizu kabi kichikroq va omadi kamroq ishlab chiqaruvchilar esa umuman bozordan chiqib ketgan.
Tahlilchilarga ko‘ra, inqirozning asosiy sababi — komponentlar tanqisligi bo‘lib, bu ishlab chiqaruvchilarni smartfon narxlarini oshirishga majbur qilgan. Vaziyatni yanada og‘irlashtirgan omil esa chorak oxirida Yaqin Sharqda yuzaga kelgan mojaro bo‘lib, u muhim ta’minot zanjirlarini izdan chiqargan.
Agar vaziyat yaxshilanmasa, Android-smartfonlar bozori yil oxiriga borib deyarli ikki baravargacha qisqarishi mumkin.
Обсуждение 17
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram