avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
09.04.2026 18:10
Internetda Motorola Razr 70 Ultra smartfonining yangi renderlari paydo bo’ldi

Internetda Orient Blue Alcantara va Pantone Cocoa Wood ranglaridagi renderlar paydo bo’ldi. Mart oyining oxirida biz allaqachon kulrang variantini ko‘rgan edik.

Smartfon, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipseti, 16 GB gacha operativ xotira va 512 GB gacha ichki xotira bilan jihozlanadi. Kameralari — ikkita 50 MP asosiy va 50 MP old kamera.

Renderlarda old kamera ko‘rinmaydi — bu tasvirdagi xatolik bo‘lishi yoki kompaniya kamerani ekran ostiga yashirishga uringan bo‘lishi mumkin. Ammo avvalgi renderlarda old kamera ko‘rinib turgan edi.

Batareya sig‘imi taxminan 4700 mAh bo‘ladi, 68 W gacha tezkor zaryadlash qo‘llab-quvvatlanadi.

Taqdimot shu oy ichida bo‘lishi mumkin. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra — iyul oyida.
🔥 14
5
4
👍 2
🏆 1
8 9 4.4K

Обсуждение 8

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram