avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
07.04.2026 15:05
Mish-mish: Samsung Galaxy S27 lineykasida Pro versiya paydo bo‘ladi

Insayder Ice Universe ma’lumotiga ko‘ra, Samsung flagman seriyasini to‘rtta modelgacha kengaytirishni rejalashtirmoqda: S27, S27+, S27 Pro va S27 Ultra.

Yangi S27 Pro modeli texnologiyalar jihatidan deyarli S27 Ultra modelining to‘liq nusxasi bo‘ladi, ammo unda S Pen stilusi bo‘lmaydi. Aniq xususiyatlar hozircha oshkor qilinmagan, biroq allaqachon ma’lumki, “Pro” versiya Privacy Display texnologiyasini oladi. Bu texnologiya ilk bor S26 Ultra modelida taqdim etildi.

Shu bilan birga, S27 Plus modeli qoladi — Pro alohida model sifatida qo‘shiladi va uni o‘rnini egallamaydi. Avvalroq Samsung lineyka tuzilmasi bilan tajriba o‘tkazib, S25 Edge modelini chiqargan edi, biroq past ommaboplik sababli keyinchalik undan voz kechdi.

Umuman olganda, bu kompaniyaning premium segmentni kuchaytirish va foydalanuvchilarga ko‘proq tanlov berishga urinishiga o‘xshaydi.
👍 55
13
🔥 8
7
😁 2
🏆 1
💔 1
13 15 5.2K

Обсуждение 13

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram