Mish-mish: Sony Uncharted ustida ishni qayta boshlamoqda
Naughty Dog studiyasining ijodiy direktori va Uncharted: The Lost Legacy o‘yin rejissyori Shon Eskeyg franshiza muxlislarini hayajonga solib, ijtimoiy tarmoqlarida tropik orol fotosuratini “O‘rganayapman…” degan izoh bilan joyladi.
Rasm ehtimol Trinidaddagi eski britan qal’asi Jorj yaqinida olingan. “Uncharted” o’yinini sog‘ingan muxlislar postni yangi o‘yinning tizeri deb qabul qilishgan.
Shu bilan birga, afsonaviy Uncharted 4: A Thief’s End o‘yini keyingi oyda o‘zining o‘n yilligini nishonlaydi. O‘yinning finalida Naughty Dog Dreykni pensiyaga chiqarib, o‘yinchilar sikvelning bosh qahramoni sifatida Keysi Dreyk — Neyt va Yelenaning qizi, epilogda o‘ynalgan qahramonni kutishmoqda.
Hozirda Naughty Dog sarguzashtli ekshn Intergalactic: The Heretic Prophet ustida chuqur ishlamoqda, shuning uchun yangi Uncharted haqiqatan ham ishlab chiqilsa, birinchi e’lonni eng yaxshi holatda bir necha yil ichida ko‘ramiz.
⚡19
❤5
🔥5
🏆2
1 8 5.6K
Обсуждение
1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram