avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
03.04.2026 17:05
Kompyuter yig‘ish qimmatlashyaptimi? Yaqinda yana-da qimmatlashadi!

Nikkei Asia Broadcom’ga tayanib yozishicha, bosma plata yetkazib berish muddati olti haftadan olti oygacha uzaygan. Shu sababli, uzoq yillardan beri muammosiz bo‘lgan mikrochiplar ishlab chiqarish narxi oshmoqda. Umuman olganda, ishlab chiqarishda ishlatiladigan hamma narsaning narxi ko‘tarilmoqda: plastmassa, qatronlar, hatto qutilar va konteynerlar ham. Ishlab chiqaruvchilar asosan sun’iy intellekt (SI) sohasiga xizmat qilmoqda, u yerda to‘lovlar yuqori. Boshqa mijozlar esa o‘z komponentlarini kutishga majbur va ular uchun ko‘proq to‘lashga to‘g‘ri kelmoqda.

Ammo xotira (RAM va xotira chiplar) bilan vaziyat undan ham og‘ir! TrendForce tahlilchilarining yozishicha, 2026-yilning ikkinchi choragida DRAM narxi 58–63% ga, NAND Flash esa 70–75% ga oshadi. Bu esa yilning birinchi choragida xotira narxi deyarli ikki barobar oshganini hisobga olsak, vaziyat yanada jiddiy.

Umuman olganda, 2020-yildan boshlab karantinlar sababli texnika yetishmovchiligi boshlanib, hozirgacha davom etmoqda. COVID’ni boshdan kechirdik, mayningni boshdan kechirdik va endi SI-bumga odatlanayotganimizda, Yaqin Sharqdagi mojarolar ham qo‘shildi. Shu sababli, yarimo‘tkazgich ishlab chiqarishda ishlatiladigan alyuminiy, geliy va suyuqlashtirilgan tabiiy gaz yetkazib berilishi buzildi. Shunday ekan, eski texnikangizni asrab-avaylash yoki yangi qismlarni iloji boricha tezroq sotib olish foydadan holi emas, aks holda ular yana-da qimmatlashadi.
31
9
🔥 6
💔 4
😢 3
😁 2
🕊 2
🤔 1
9 29 6.4K

Обсуждение 9

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram