Mish-mish: Disney Fortnite va Unreal Engine’ni sotib olmoqchi
Media gigant moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan Epic Games kompaniyasini sotib olish senariysini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda
The Town podkastida Sources portali muallifi Aleks Xit
ma’lum qildi.
O‘tgan hafta Epic Fortnite loyihasi ustida ishlayotgan qariyb ming nafar dasturchini ishdan bo‘shatdi: o‘yinchilarning qiziqishi pasaymoqda, o‘yin industriyasi esa ortiqcha kattalashgan byudjetlar va inqiroz tufayli yana murakkab davrga kirib bormoqda.
Bunday vaziyat Disney’ni qoniqtirmaydi: kompaniya 2024-yilda Fortnite asosida qo‘shma “ko‘ngilochar olam” yaratish uchun Epic Games aksiyalariga 1,5 milliard dollar sarmoya
kiritgan.
Agar Epic Games o‘yinchilarni qayta jalb qila olmasa, Disney butun studiyani to‘liq sotib olishga urinishi mumkin. Bu orqali kompaniya Fortnite’ga “ikkinchi hayot” berishni va sanoatdagi eng mashhur o‘yin dvijoklaridan biri — Unreal Engine ustidan nazoratni qo‘lga kiritishni istaydi.
Shunga qaramay, aniq kelishuv haqida gapirishga hali erta.
Birinchidan, Disney hali Epic Games’ga rasmiy tijoriy taklif yubormagan va yuborishi ham noma’lum. Xit aytishicha, kompaniya rahbariyati Epic’ni sotib olish masalasida ikki fikrga bo‘lingan.
Ikkinchidan, studiyaning nazorat paketi uning asoschisi Tim Suiniga tegishli. Aynan shu Suini ilgari Fortnite’dagi donatlar komissiyasi uchun Apple va Google’ga qarshi keskin kurash olib borgan. Shu sababli u o‘zining asosiy loyihasini osonlikcha sotishga rozi bo‘lishi dargumon.
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram