avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
03.04.2026 14:05
Mish-mish: iPhone 18 Pro eng ommabop rangsiz chiqishi mumkin

iPhone 17 Pro va Pro Max uzoq vaqtdan beri birinchi marta qora yoki to‘q kulrang rangsiz taqdim etilgan iPhone modellari bo‘ldi. Ko‘rinishidan, yangi “Pro” modellari ham xuddi shunday taqdirga duch keladi. Bu haqda xitoylik insayder Instant Digital ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya iPhone 18 Pro uchun bordo, kofe rang va binafsha rangning turli tuslarini ko‘rib chiqmoqda. Uchala variantning ham tasdiqlanishi dargumon, ammo ulardan kamida bittasi aniq paydo bo‘ladi.

Ammo yanada jiddiyroq qora/kulrang ranglar premium bukiladigan iPhone modelida bo’ladi, — deya xabar berdi Bloomberg sharhlovchisi Mark Gurman. Klassik ranglarga kamida konservativ bo‘lgan kumushrang/oq rang ham qo‘shiladi.
28
12
👍 7
😱 4
🏆 2
😁 1
3 9 5.7K

Обсуждение 3

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram