avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
02.04.2026 17:05
Mish-mish: „Kingdom Come: Deliverance“ yaratuvchilari „Uzuklar Hukumdori“ olamida RPG ustida ishlamoqda

Bizni tarixiy jihatdan ishonchli va realistik janglarga urg‘u berilgan AAA darajadagi o‘yin kutmoqda. O’yin byudjeti taxminan 100 million dollarni tashkil qiladi — bu „Kingdom Come: Deliverance II“ byudjetidan deyarli ikki barobar ko‘p.

O‘yin nashriyotchisi sifatida Embracer Group konserniga kiradigan Avstriyalik Deep Silver qatnashmoqda. Aytishlaricha, ular BAAda joylashgan yirik fonddan investitsiyani jalb qilgan.

Shu bilan birga, “Kingdom Come” va “Mafia” seriyasining asosiy yaratuvchisi Daniel Vavra loyiha bilan shug‘ullanmaydi — afsonaviy chexiyalik o‘yin dizayneri kino suratga olishga o‘tgan.

Insider Gaming portalidan Mayk Strau ta’kidlashicha, BAA mablag‘i evaziga ishlab chiqilayotgan o‘yinni Warhorse emas, balki Crystal Dynamics — Lara Croft yaratuvchisi — ishlab chiqmoqda.

Shu bilan birga, Mayk Warhorse Studios doirasida O‘rta Yer bo‘yicha o‘yin ishlab chiqilayotganini inkor qilmagan. Ko‘rinib turibdiki, Embracer Group bir vaqtning o‘zida ikki loyiha ustida ishlashni rejalashtirgan va ular turli janrlarda bo‘ladi.

Tolkinning kitoblari va ularning sehrli ekranizatsiyalari nihoyatda mashhur bo‘lishiga qaramay, o‘yin sanoati hozirgacha “Uzuklar Hukumdori” bo‘yicha hech bitta “single player” RPG ishlab chiqmagan. Ko‘rinishidam, bu tez orada o‘zgaradi!
🔥 24
9
🏆 4
3
5 5 5.8K

Обсуждение 5

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram