avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
30.03.2026 16:10
Ixlosmand MacBook Neo modeliga suvli sovutish tizimini o‘rnatgan va o‘yinlardagi samaradorlik deyarli ikki baravar oshgan

YouTuber ETA PRIME eng arzon MacBook modelidagi “throttling” muammosini to‘liq bartaraf etgan. Buning uchun u chipdan issiqlikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib, noutbukning alyuminiy korpusini isitadigan kichik radiator yasagan.

Keyin ixlosmand unga suv orqali sovutadigan, ichida ventilyator mavjud bo‘lgan tashqi blok bilan ulanadigan sovutish tizimi “shaybasini” biriktirgan.

Natijada, maksimal yuklamada harorat 30° dan ortiq pasaygan, Cinebench sintetik testida esa ballar 20% ga oshgan.

Eng katta o‘sish esa o‘yinlarda kuzatilgan: No Man’s Sky o‘yinida kadrlar soni 30 FPS dan 60 FPS ga ko‘tarilgan, har bir kadr tayyorlash vaqti barqarorlashgan — “throttling” bilan birga mikrofrizlar va statterlar yo‘qolgan.

Fallout 4, CrossOver orqali ishga tushirilganda, barqaror 60 FPS bergan, ammo Cyberpunk 2077 o’yinini ishga tushirishda sovutish yordam bera olmagan: hatto apsekyl ishlatilganda ham barqaror bo‘lmagan ~30 kadr chiqqan.

Kamchilik bitta: tashqi sovutish tizimi “shaybasi” tufayli noutbuk stol ustida tekkis turmaydi, lekin bu muammo maxsus stend yordamida bartaraf etilishi mumkin.
👍 34
🔥 9
8
4
70 10 5.2K

Обсуждение 70

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram