Neuralink bir erkakka yaqinlari bilan yana muloqot qilish imkonini qaytardi
Neuralink jamoasi nutq qobiliyatini yo‘qotgan va kompaniya implanti yordamida uni yana tiklagan Kennet ismli erkak haqidagi hikoyani
ulashdi.
Erkak
yon amiyotrofik skleroz (BAS) kasalligiga chalingan. Ushbu kasallik natijasida inson mushaklari ustidan nazoratni yo‘qotadi — miya signallari tanaga yetib bormaydi. Natijada, BAS kasalligiga chalingan emorlarning 95 foizigacha bo‘lgan qismi gapirish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi.
Kennet dastlabki alomatlarni hali
COVID-19 pandemiyasidan oldin sezgan, ammo undan keyin kasallik keskin kuchaygan. Harakatlanish va gapirish tobora qiyinlashib borgan. Shu paytda Neuralink texnologiyasi yordamga keladi.
Joriy yilning yanvar oyida erkakka implant o‘rnatilgan va hozirga kelib u uch bosqichli moslashuv jarayonidan o‘tgan. Dastlab, “miya — kompyuter” interfeysi Kennetning buzilgan nutqini tahlil qilib, gaplarni tiklagan. Keyin esa lab harakatlarini tushunishni o‘rgangan. Endilikda esa u erkakning fikrlarini ovozga aylantira oladi.
Kennetning baxtli turmush o‘rtog‘i bu texnologiya ularning uyidagi og‘ir sukunatni nihoyat buzganini ta’kidladi.
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram