avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
29.03.2026 14:05
Bloomberg: Apple iOS 27’da Siri yordamchisini boshqa sun’iy intellekt modellari uchun ochadi

Kompaniyaning brend assistenti endi nafaqat ChatGPT, balki boshqa neyron tarmoqlarga ham so‘rovlarni yo‘naltirishni o‘rganadi — bu haqda Mark Gurman yozmoqda. Tasavvur qiling: kod yozish uchun Claude’dan, ma’lumot qidirish uchun Perplexity’dan, Grok’dan esa… masalan, memlar uchun foydalanish mumkin bo‘ladi.

G‘oya zo‘r, lekin savollar ko‘p. Siri qaysi so‘rovni qaysi AI’ga yuborishni mustaqil hal qiladimi? Ortiqcha bosishlar va vaqt yo‘qotishni hech kim xohlamaydi. Foydalanuvchilar buning uchun qanday va qancha to‘laydi? Apple boshqa AI xizmatlari narxini qurilmalar qiymatiga qo‘shadimi yoki alohida to‘lov variantlarini taklif qiladimi?

Hozircha aniq javoblardan ko‘ra savollar ko‘proq. Barchasiga esa iOS 27 va boshqa tizimlari taqdimoti — 8-iyun kuni aniqlik kiritiladi.
23
🔥 10
👍 2
1
9 5.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram