avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
27.03.2026 13:05
Tim Kuk Mac qurilmalari uchun rekord darajadagi savdo starti haqida ma’lum qildi

Yaqinda kompaniya yangi MacBook Neo, M5 chipli MacBook Air, M5 Pro va M5 Max chipli MacBook Pro qurilmalarini sotuvga chiqardi.

Aniq raqamlar keltirilmagan bo‘lsa-da, Tim Kuk X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ushbu start tarixdagi eng yaxshi natija ekanini ta’kidladi — ayniqsa, Mac’ni ilk bor xarid qilgan foydalanuvchilar soni bo‘yicha:

“Mac tarixida ilk bor xarid qilayotgan foydalanuvchilar orasida eng muvaffaqiyatli start haftasini qayd etdik. Bunday qiziqishni ko‘rish bizni quvontiradi!”


Ko‘rinishidan, bu natijada asosiy rolni MacBook Neo o‘ynagan. Kompaniyaning eng arzon noutbuki asosan PC yoki Chromebook’dan o‘tayotgan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan.
👍 33
7
🔥 5
2
👀 1
4 4.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram