Samsung Galaxy Z Fold8 Wide smartfoniga birinchi nazar
Insayder OnLeaks Galaxy Z Fold8 Wide CAD-renderlarini e’lon qildi — bu buklanadigan smartfon bo’lajak iPhone Fold modeliga javob sifatida chiqadi.
Tashqi ko‘rinishi qisqartirilgan Galaxy S25 Edge smartfoniga o‘xshaydi. Shu bilan birga, CAD-fayllar kichik detallar — ramkalar, tugmalar yoki slot kabi elementlar yakuniy versiyadan farq qilishi mumkin.
Kutilayotgan texnik xususiyatlar: Snapdragon 8 Elite Gen 5 for Galaxy, 5000 mAh batareya va 45 W gacha quvvatlash — xuddi oddiy Fold8 kabi.
Asosiy farq — format. Korpus kengroq bo‘ladi: tashqi ekran 5,4 dyuym, ichki ekran 7,6 dyuym.
O‘lchamlari: ochilgan holatda — 123,9 × 161,4 × 4,9 mm, yopinganda — 123,9 × 82,2 × 9,8 mm. Kameralar blokini hisobga olganda, yopilgan smartfonning qalinligi 14,6 mm ga yetadi.
Smartfon taqdimoti Galaxy Z Fold8 bilan birga yozda kutilmoqda.
🔥29
❤11
👍4
⚡3
👏1
🏆1
11 10 4.3K
Обсуждение
11
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 11
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram