Samsung Galaxy Z Fold 8 – sifatli renderlar va taxminiy texnik xususiyatlar
OnLeaks tomonidan taqdim etilgan renderlarga ko‘ra, tashqi ko‘rinishi jihatidan yangi model Samsung Galaxy Z Fold 7 smartfonidan deyarli farq qilmaydi.
Biroq, smartfon oldingi modelga nisbatan biroz qalinroq bo‘ladi — yopiq holatda 0,3 mm, ochiq holatda esa 0,1 mm qalinlashadi.
Mish-mishlarga ko‘ra, smartfon 5000 mAh quvvatga ega tez zaryad oluvchi batareya, ikki qatlamli ultrayupqa shisha (bukilish izini kamaytiruvchi) va Snapdragon 8 Elite Gen 5 for Galaxy chipsetiga ega bo‘ladi.
Taxminiy texnik xususiyatlar:
• Displeylar: ichki — 8,0” Dynamic AMOLED, 120 Hz; tashqi — 6,5” Dynamic AMOLED, 120 Hz;
• Chipset: Snapdragon 8 Elite Gen 5 for Galaxy;
• Kameralar: 200 MP + 50 MP keng burchakli + 10 MP telefoto;
• Xotira: 12+256, 16+512, 16+1024 GB;
• Batareya va zaryad: 5000 mAh, 45 W.
Galaxy Z Fold 8 taqdimoti joriy yozda kutilmoqda.
🔥33
❤8
⚡5
👍3
❤🔥1
🏆1
10 8 3.8K
Обсуждение
10
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 10
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram