avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
26.03.2026 15:05
Samsung o‘rta byudjet segmentini yangiladi — Galaxy A37 va A57 taqdim etildi

Samsung yangi Galaxy A37 va Galaxy A57 smartfonlarini taqdim etdi. Qurilmalar yangi avlod Exynos protsessorlari bilan jihozlangan bo‘lib, suvdan himoya darajasi biroz yaxshilandi (IP67 dan IP68 ga). Boshqa jihatlarda esa katta o‘zgarishlar kuzatilmaydi.

Yuqori model (A57) eng so‘nggi Bluetooth versiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va kengroq xotira konfiguratsiyasiga ega — 512 GB gacha.

Asosiy xususiyatlar:

• Displey: 6,7 dyuym, 2340×1080, AMOLED, 120 Hz;
• Protsessor: Exynos 1480 / Exynos 1680;
• Kameralar: A37: 50 MP + 8 MP (ultra-keng burchakli) + 5 MP (makro) + 12 MP (old kamera) / A57: 50 MP + 12 MP (ultra-keng burchakli) + 5 MP (makro) + 12 MP (old kamera);
• Xotira: A37: 6/128 GB, 8/256 GB / A57: 8/128 GB, 8/256 GB, 12/512 GB;
• Aloqa: A37: 5G, NFC, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.3 / A57: 5G, NFC, Wi-Fi 6, Bluetooth 6;
• Biometriya: Ekran osti barmoq izi skaneri, yuzni aniqlash funksiyasi;
• Himoya: IP68 (suv va changdan himoya);
• Batareya va quvvatlash: 5000 mA·soat, 45 Vt tezkor zaryad.

Narxi: Galaxy A37 — €429 dan / Galaxy A57 — $529 dan boshlanadi. Bizda narxlar arzonroq bo’ladi.
🔥 27
11
4
👍 3
🏆 1
26 11 4.8K

Обсуждение 26

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram