avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
25.03.2026 19:05
Vivo X300 Ultra flagmani uchun juda qimmat foto-to’plam tayyorlamoqda

Insayder Digital Chat Station ma’lumotlariga ko‘ra, to‘plamga 200 mm va 400 mm fokus masofali ikkita maxsus zum-obyektiv kiradi. Shuningdek, ularni o‘rnatish uchun adapterlar, ergonomik tutqich va qo‘shimcha boshqaruv elementlariga ega maxsus fotosumka, filtrlash uchun halqa va yelkaga osiladigan kamar ham to‘plamga kiritilgan.

Ushbu boy foto-to’plam faqat sun’iy yo‘ldosh aloqasini qo‘llab-quvvatlaydigan 16+1024 GB maksimal versiya uchun mavjud bo‘ladi.

Oldinroq kompaniya ichki sovutish tizimiga ega suratga olish qafasini taqdim etgan edi, uni ham kelajakdagi foto-flagmanga qo‘shimcha sifatida sotib olish mumkin bo‘ladi.

Barcha tafsilotlar 30-mart kuni bo‘lib o‘tadigan to‘liq taqdimotda ma’lum qilinadi.
🔥 43
10
👍 7
2
🏆 1
19 7 5.5K

Обсуждение 19

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram