Microsoft Windows 11 uchun katta yangilanish tayyorlamoqda
Kompaniya tizimning asosiy muammolariga e’tibor qaratib, uni kundalik foydalanishda
kamroq charchatuvchi va qulayroq qilishga qaror qildi.
Birinchi o‘zgarishlarni
Windows Insider dasturi ishtirokchilari tez orada sinab ko‘rishi mumkin. Ustuvor masala —
tezlik, barqarorlik va tushunarliroq interfeys:
• “File Explorer” sezilarli tezlashadi: u silliq va kechikishlarsiz ishlashi kerak. Shu bilan birga, Microsoft Copilot’ga yondashuvni qayta ko‘rib chiqadi — uni faqat haqiqatan foydali vaziyatlarda ishlatishadi va kamroq joylarda ko‘rsatishadi. Copilot’ning ba’zi funksiyalari rasmlar, vidjetlar va notepaddan olib tashlanadi.
• Yangilanishlar ham kamroq bezovta qiluvchi bo‘ladi. Ularni qurilmani sozlash paytida o‘tkazib yuborish, kechiktirish yoki eslatmalarni kamroq ko‘rish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, kompyuterni yangilanishlarni o‘rnatmasdan bemalol qayta yoqish yoki o‘chirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
• Vazifa panelini yana boshqa joyga ko‘chirish mumkin bo‘ladi — faqat pastga emas, balki yuqoriga yoki yonlarga ham joylash mumkin. Shu bilan birga, vidjetlar sozlamalari kengaytiriladi: ular qachon paydo bo‘lishi va nima ko‘rsatishi ustidan ko‘proq nazorat bo‘ladi.
• “Kapot osti” ham o‘zgaradi: Microsoft xotiraga tushadigan asosiy yukni kamaytiradi, qidiruv, navigatsiya va fayllar bilan ishlash tezligini oshiradi. Shu bilan birga, tizim barqarorli
gi ham oshadi.
Shuningdek,
Feedback Hub yangilanadi — fikr bildirish osonlashadi, va Insider dasturida bu fikrlar
Windows rivojlanishiga qanday ta’sir qilayotganini yanada aniqroq ko‘rsatishadi.
Обсуждение 60
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram