OpenAI PC uchun barcha xizmatlarni birlashtiruvchi “superilovani” tayyorlamoqda
OpenAI ilovalar bo‘limi rahbari Fidji Simo fikricha, alohida-alohida ilovalardan iborat strategiya yetarlicha samarali bo‘lmagan.
Endi kompaniya PC uchun ChatGPT, sun’iy intellekt agenti Codex va Atlas brauzerini birlashtiruvchi yagona “superilovani” yaratishni rejalashtirmoqda.
Rahbariyat foydalanuvchi kompyuterida turli vazifalarni mustaqil bajaradigan SI-agentlarni rivojlantirishni kuchaytirmoqchi.
Mish-mishlarga ko‘ra, yaqin kelajakda Codex yangilanishi kutilmoqda, bu uning bajaradigan vazifalar doirasini sezilarli darajada kengaytiradi va shundan so‘ng u PC uchun yagona ilovaning bir qismiga aylanadi.
ChatGPT’ning mobil versiyasi esa o‘zgarishsiz qoladi.
👍20
❤9
🔥5
⚡3
😁1
7 4.8K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram