Google macOS uchun Gemini ilovasini sinovdan o‘tkazmoqda
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Google macOS uchun Gemini ilovasini faol sinovdan o‘tkazmoqda. Bu ilova veb-versiyadan ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Masalan, ilova “Kalendar”, “Eslatmalar”, “Fotosuratlar” va boshqa xizmatlardan ma’lumot olib, foydalanuvchining oddiy ishlarini avtomatlashtirishi mumkin.
Asosiy yangilik esa Desktop Intelligence funksiyasida bo‘ladi. Bu funksiya Gemini’ga ish stolini tahlil qilish va ochiq oynalar hamda tablar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro aloqada bo‘lish imkonini beradi.
Shuningdek, Apple Gemini sun’iy intellekt modelini yangi Siri’ning asosiga aylantirish uchun Google’ga yiliga taxminan 1 milliard dollar to‘laydi.
❤28
😁11
🔥8
⚡3
5 11 4.8K
Обсуждение
5
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 5
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram