avatar
Temur Khatamov
@temurkhatamov
20.03.2026 16:05
Xbox Series X|S modellarida ayrim o‘yinlar uchun Quick Resume funksiyasini o‘chirish imkoniyati paydo bo‘ladi

Quick Resume funksiyasi Xbox Series X va Xbox Series S konsollarida o‘yinlarni fon rejimida “muzlatib” qo‘yish va hatto konsol o‘chirilgandan keyin ham ularga tez qaytish imkonini beradi.

Biroq doimiy internet ulanishini talab qiladigan o‘yinlarda bu funksiya noto‘g‘ri ishlardi — xatoliklar yuzaga kelib, qayta ulanish va o‘yinni qayta ishga tushirish talab etilardi.

Yaqinlashib kelayotgan tizim yangilanishi bilan har bir o‘yin sozlamalarida Quick Resume funksiyasini alohida o‘chirish imkonini beruvchi maxsus band paydo bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu yangilanish bilan Series X|S modellarida o‘yinlar guruhlari bilan ishlash, interfeys va foydalanuvchi profilini sozlash imkoniyatlari ham yaxshilanadi.
👍 20
6
2
🔥 2
🏆 1
1 4 6.2K

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Temur Khatamov

42.7K
O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager
Открыть в Telegram