Xiaomi yangi Intel protsessorlarida ishlaydigan yengil Notebook Pro 14 noutbukini taqdim etdi
Model 14,6 dyuymli OLED displeyga ega bo‘lib, 3.1K ruxsat va 120 Hz gacha yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. HDR rejimida maksimal yorqinlik 1600 nitga yetadi.
Ichida — yangi Intel Panther Lake protsessorlari, jumladan eng yuqori konfiguratsiyada Core Ultra X7 358H mavjud.
Korpus magniy qotishmasidan tayyorlangan bo‘lib, shu tufayli vazni atigi taxminan 1,08 kg ni tashkil etadi.
Batareya sig‘imi 72 Vt·soat. Video ko‘rish rejimida 20 soatgacha avtonom ishlash va’da qilinmoqda. To‘plamga 100 Vt quvvatli GaN-adapter ham kiradi.
Portlar: Thunderbolt 4, USB-C, USB-A, HDMI 2.1 va 3,5 mm audio raz’yom.
Narxi 8499 yuandan (taxminan $1 235) boshlanadi. Noutbuk to‘rtta rangda mavjud: ko‘k, pushti, kulrang va oq.
👍42
❤12
⚡4
🔥2
😎2
😁1
🏆1
10 19 4.4K
Обсуждение
10
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 10
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram